"Liverpul" yanvarda Alkantarani sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023
Yarim himoyachi Tyago Alkantara "Liverpul"ni tark etishi mumkin.

“Qizillar” ispaniyalik futbolchini yanvarda sotishga tayyor. "Liverpul" futbolchini transfer qilish bo'yicha yirik taklifni ko'rib chiqadi.

Yarim himoyachi 2020 yildan beri "Liverpul"da o'ynab kelmoqda. Avvalroq Tyago "Barselona" va "Bavariya"da o'ynagan.

Tyago Alkanatara o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida Angliya chempionatida 18 ta o'yin o'tkazib, 2 marta sariq kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/DeadlineDayLive