"Liverpul" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
20 may 2024, 21:30
"Liverpul" rasmiy saytida jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Joriy mavsum "Feyenoord" bilan Niderlandiya chempionatining kumush medallariga ega chiqqan Arne Slot kelasi mavsum "qizillar"ni boshqaradi.

Mutaxassis 1 iyundan "Liverpul"da ish boshlaydi.

45 yoshli mutaxassis "Feyenoord" bilan uch mavsum ishladi. Bu vaqt davomida u bir marta mamlakat chempioni va ikki bora liganing eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com