"Liverpul" yana bir super transferni hal qilishga yaqin

Administrator
30 iyul 2025
"Liverpul" Aleksandr Isak bilan kelishuvga erishdi.

Sky Sport muxbiri Florian Plettenbergning xabar berishicha, Mersisaydliklar "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak bilan 2031 yilgacha bo'lgan shartnomani og'zaki ravishda kelishib olishdi.

Shved futbolchisi "qizillar" safiga aynan shu transfer oynasida qo'shilishni istayapti, klublar hozirda o'zaro muzokaralar olib borishmoqda. Ikki tomon kelishuvga erishsa, transfer masalasi hal bo'ladi. "Liverpul" futbolchiga Yugo Ekitikenikiga teng miqdordagi maosh taklif qilmoqda.

"Nyukasl" esa "RB Leyptsig" hujumchisi Benyamin Sheshkoni o'z saflariga qo'shish ustida faol ish olib bormoqda, biroq "Manchester Yunayted" ham sloveniyalik o'yinchi uchun kurashga kirishgan.

Isak APLning o'tgan mavsumida 34 ta o'yinda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports