"Liverpul" Vida bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018
"Liverpul" "Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vida transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydlar xorvatiyalik bilan shartnoma borasida kelishib olishdi, agar transfer amalga oshsa, futbolchi "2+1" sxemasidagi bitimga imzo chekadi.

Endi "qizillar" vakillari "Beshiktosh" bilan futbolchining transferini kelishishi kerak. Turkiya klubi 29 yoshli himoyachi uchun 25 mln. evro talab qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Spor