"Liverpul" "Valensiya" yarim himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021, 19:09
"Qizillar" "ko'rshapalaklar" yarim himoyachisi Karlos Solerga qiziqish bildirishyapti.

Manba bergan xabarga ko'ra, "qizillar" ispaniyalikni yozda PSJga o'tgan Jorjino Vijnaldumga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "ko'rshapalaklar" a'zosini ko'p qirrali futbolchi ekanligidan hayratda. Shu sababli mutaxassis uning "Enfild" ga o'tishiga tashabbus ko'rsatyapti.

Soler joriy mavsum "Valensiya" tarkibida 3 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning transfer qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes