"Liverpul" va "Nyukasl" La Ligadagi himoyachiga ko'z tikmoqda

Alisher
13 yanv 2025, 00:32
"Sevilya" markaziy himoyachisi Luak Bade APLga yo'l olishi mumkin.

Fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Ehtimoliy bitim narxi 25-30 million evroga baholamoqda.

25 yoshli Bade 2023 yilning yozidan beri "Sevilya"da o'ynaydi. O'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Badening "Sevilya" bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport