

Manbaga ko'ra, "Liverpul" va "Arsenal" "avliyolar"ga 19 yoshli futbolchi uchun so'ralgan 58 mln evroni to'lamasliklarini aytishgan. Shu tariqa, "Chelsi" belgiyalik uchun kurashda ustunlikka erishdi.
Laviya 2022/23 yilgi mavsum "Sautgempton" tarkibida 34 ta bahsda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 32 mln evroga baholamoqda.



