"Liverpul" va "Arsenal" Asensioga qiziqmoqda

Alisher
26 fev 2022, 14:10
"Real" forvardi Marko Asensio faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Liverpul" va "Arsenal" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, "Real" Asensio bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Asensio joriy mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TEAMtalk