"Liverpul" Subimendi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
11 avg 2024
"Liverpul" Martin Subimendi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Angliya klubi rasmiy tarzda "Real Sosedad"ni yarim himoyachiga qiziqish haqida ogoh etdi. "Qizillar" ispanlarning ruxsati bilan o'yinchining vakillari bilan muzokaralarni boshlashdi.

Oldinroq, Subimendining tovon puli 60 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi.

Ispan o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/Plettigoal