"Liverpul" "Sporting" bosh murabbiyining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024, 15:10
Ruben Amorim "qizillar" bilan ishlashdan manfaatdor.

Angliyaning "Liverpul" klubi Portugaliyaning "Sporting" jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorimning agenti bilan muzokaralar o'tkazyapti, deya xabar berdi jurnalist Santi Auna.

Ma'lumotlarga ko'ra, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassisning o'zi "qizillar" bilan ishlashga qiziqmoqda. Amorimning tovon puli 20 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul"ning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Santi_J_FM