"Liverpul" sobiq murabbiyi "Lester"ni boshqarishga rozi bo'ldi

26 fev 2019, 22:30
"Seltik" jamoasini boshqarib kelayotgan Brendan Rojers "Lester" bilan kelishib oldi.

Sky Sports nashrining ma'lumotiga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis ingliz klubida ish boshlash uchun og'zaki ravishda rozilik bildirgan. Ayni vaqtda Rojers Lestyerda va klub rahbariyati u bilan shartnoma masalasida muzokara o'tkazmoqda.

24 fevral kuni "Lester" o'z maydonida "Kristal Pelas" klubiga yirik mag'lubiyatga (1:4) uchragandan keyin Klod Pyuelni istefoga chiqargandi.

Brendan Rojers "Liverpul" bilan 3 yil (2012-2015 yillar) hamkorlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports