"Liverpul" Salohning transfer narxini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
21 mar 2018, 10:34
"Liverpul" rahbariyati hujumchi Muhammad Salohning transfer qiymatini ma'lum qildi.

Ispaniya matbuotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchining transfer narxi 160 mln evroni tashkil etadi. Saloh o'tgan yozda "Roma"dan 42 mln evro evaziga transfer qilingandi. Oldinroq mersisaydliklar rahbariyati futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozda sotib yubormasligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Saloh bu mavsumda 41 uchrashuvda 36 gol urib, 12 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es