"Liverpul" qishda "Roma" himoyachisi uchun 25 mln evro bermoqchi
Narzulla Saydullayev
28 okt 2017, 10:40
"Liverpul" "Roma" himoyachisi Emerson Palmeriga jiddiy qiziqib qolgan.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "qizillar" ustozi Yurgen Klopp Italiya terma jamoasi a'zosini o'z klubida ko'rmoqchi. Yanvar oyida Angliya klubi Emerson uchun 25 million evro taklif qilmoqchi.