“Liverpul” qatorasiga uchinchi yil ham Angliya Kubogining 4-bosqichida to'xtatildi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018, 07:44
“Liverpul” klubi Angliya Kubogining 4-bosqichiada “Vest Bromvich” jamoasini qabul qildi.

Mersisaydliklar o'z maydonlarida to'p tepishlariga qaramay, “Vest Bromvich”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bu bilan “Liverpul” ketma-ket uchinchi yil ham Kubok bahslarini aynan shu bosqichda tark etdi. 

Ma'lumot uchun, “Liverpul” 14 yanvar kuni “Manchester Siti”ni mag'lub (4:3) etganidan so'ng ketma-ket ikkita o'yinda autsayderlardan mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Klopp shogirdlari avvaliga “Suonsi”ga 0:1, keyin esa “Vest Bromvich Albion”ga 2:3 hisobida yutqazishdi. 

Liverpul - Vest Bromvich 2:3

Gollar: Firmino, 6, Salax, 78 - Rodriges, 7, 11, Matip, 45+2 (avtogol)

Liverpul: Minole - Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Moreno - Oksleyd-Chemberlen (Ingz, 65), Jan (Milner, 65), Veynaldum - Salax, Firmino, Mane (Xenderson, 65)

Vest Bromvich: Foster - Douson, Evans, Gibbs (Xegazi, 37) - Nom, Livermor, Krixovyak, Barri (Yakob, 71), Brant - Rodriges, Robson-Kanu (Fillips, 39)

Ogohlantirishlar: Jan - Barri, Douson, Xegazi

Amalga oshirilmagan penalti: Firmino, 27-daqiqa (“Liverpul”)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif