"Liverpul" Pavarga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.

Futbolchiga Dortmundning "Borussiya", "Inter" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli fransiyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon "Bavariya"da to'p tepmoqda. Uning shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Pavar joriy mavsum jamoa safida Bundesligada 30 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes