"Liverpul" o'z tarixida birinchi marta ketma-ket 7ta g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 22:52
"Liverpul" Premer-liganing 6-turida "Sautgempton"ni 3:0 hisobida taslim etdi.

Bu mersisaydliklar uchun Angliya chempionatidagi ketma-ket 6-g'alaba. "Qizillar" PSJga qarshi Chempionlar ligasining birinchi turida 3:2 hisobida parijliklarni mag'lub etishgan edi. Shunday qilib, Yurgen Klopp jamoasi ketma-ket 7ta o'yinda g'alaba qozonib, klub tarixida birinchi marta ushbu natijaga erishdi.

"Liverpul"ning navbatdagi o'yini 25 sentyabr kuni "Chelsi"ga qarshi (Angliya liga Kubogi) bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports