"Liverpul" o'z futbolchisini arzonlashtirdi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 14:12
"Liverpul" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi kutilmoqda.

"Qizillar" koronavirus sababli futbol klublariga kelgan inqiroz sababli futbolchining narxini pasaytirishga ham tayyor turibdi. Oldinroq "Liverpul" shveytsariyalikning transferidan 32 mln evro ishlab olishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

28 yoshli Shakiri 2018 yilning yozida "Liverpul"ga 14,5 mln evro evaziga transfer qilingandi. Ushbu mavsumda u 10 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider