

“Liverpul” “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishga jiddiy qiziqib kelayotgandi. Ma'lum bo'lishicha, neapolliklar Kalidu uchun 65 mln evro so'ragan. “Liverpul” esa bu mablag' haddan ortiq ko'p deb hisoblab, ushbu transfyerdan voz kechib qo'ya qolgan.
28 yoshli himoyachi joriy mavsum “Napoli” safida jami 22 ta o'yin o'tkazdi. Bitta qizil va beshta sariq kartochka bilan siylangan.



