"Liverpul" Montoyya uchun kurashga qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2013, 12:00
"Barselona"ning 22 yoshli o'ng qanot himoyachisi Martin Montoyya "Liverpul" jamoasi qiziqishlari doirasiga kiradi, deb aytmoqda The Telegraph.

Ingliz klubi kataloniyaliklar bilan futbolchi borasida muzokaralarga kirishgan. 2014 yil yozida Montoyyaning "Barsa" bilan shartnomasi yakuniga etadi, lekin "qizillar" himoyachini qishdayoq tarkiblariga qo'shib olmoqchilar. Avvalroq bu futbolchiga Italiyaning "Inter" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi. Davom etayotgan mavsumda Montoyya 6 uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor golli pas muallifiga aylandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru