“Liverpul” “Milan”dan Susoni sotib olishga urinib ko'radi

10 yanv 2018, 23:13
Mersisaydliklar Filippe Koutinoga o'rinbosar izlashda davom etmoqda. Jamoa hozirda “Milan” o'ynayotgan o'zining sobiq yarim himoyachisi Susoni klubga qaytarishga urinib ko'radi.


Ma'lumot uchun, Suso 2012/2013-yilgi mavsumda “Liverpul” safida harakat qilgan. Keyin esa “Almeriya”ga ijaraga berilgan bo'lsa, u yerdan “Milan”ga yo'l olgan.

Ushbu mavsumda Suso jamoasi safida 27 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishdi. Ispaniyalikning “Milan” bilan shartnomasi 2022 yil yozida nihoyasiga etadi.



O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports