"Liverpul" mavsumdagi 100-golini urdi. Bu Yevropadagi ikkinchi ko'rsatkich

Narzulla Saydullayev
19 fev 2022, 23:04
"Liverpul" APL 26-turida "Norvich" ustidan (3:1) g'alaba qozondi.

Mersisayd klubi ushbu o'yinda o'zining mavsumdagi 100-golini kiritdi. 

Ushbu natija Yevropa top-5 chempionatlaridagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Faqatgina "Bavariya" bu mavsum "Liverpul"dan ko'proq gol urishga erishdi - 108 ta. 

Ushbu mavsumdagi 39 ta o'yinda 100 ta gol urgan "Liverpul", o'zining o'tgan mavsum davomida urgan barcha gollaridan ham o'zib ketdi. O'tgan mavsum klub 53 o'yinda 97 ta gol urgandi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports