“Liverpul” mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha o'z rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
4 noya 2021, 07:50
Chempionlar Ligasi 4-turida Yurgen Klopp shogirdlari “Atletiko" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Mersisaydliklar barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 25 ta o'yinga (18 g'alaba, 7 durang) etkazib, klub rekordini takrorlashdi.

Avvalgi eng yaxshi natija 1982 yil qayd etilgan va o'shanda jamoa 20 uchrashuvda zafar quchib, 5 bahsda raqiblar bilan murosa yo'lini tanlagandi.

“Liverpul” keyingi uchrashuvini APL 11-turi doirasida 7 noyabr kuni safarda “Vest Xem”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live