"Liverpul" "Leyptsig" bilan Nabi Keyta transferi borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 12:44
"Leyptsig" yarim himoyachisi Nabi Keyta faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi.

Mersisaydliklar rahbariyati bu ma'lumotni tasdiqlashdi. Oldin e'lon qilinganidek, 22 yoshli futbolchi 2018 yil 1 iyulida "Liverpul"ga qo'shiladi.

"Kelasi yil "Liverpul"ga o'tish uchun kelishuvga erishganimdan xursandman. Bu loyihaning bir qismiga aylanmoqchiman. Butun mavsum davomida "Leyptsig" uchun o'ynayman. Kelajagimni hal qilib oldim, endi o'z klubidagi vazifalarga e'tibor qarataman" - deydi Keyta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com