"Liverpul" "Lester" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020, 15:43
"Liverpul" "Lester" yarim himoyachisi Xarvi Barnsga qiziqish bildirmoqda.

"Mirror" xabariga ko'ra, mersisaydliklar futbolchini yozdayoq tarkibga qo'shib olmoqchi. Uning transferini "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp olib bormoqchi. Unga Barnsning chap va o'ng qanot yarim himoyasida va hujumda o'ynay olishi maqul kelmoqda.

22 yoshli Barns "Lester" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 41 o'yinda qatnashib 7 gol va 9 assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror