"Liverpul" Lemar uchun "Monako"ga 72 mln. evro va 8 mln. evro bonus taklif qildi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017, 15:16
"Liverpul" yarim himoyachi Toma Lemar uchun "Monako"ga 72 mln. evro va turli bonuslar ko'rinishida 8 mln. evro taklif qildi.

"Liverpul" "Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

Oldinroq OAVda 21 yoshli futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Biroq Fransiya klubi Lemarni 50 mln. evroga sotishni istamagan edi.

O'tgan mavsum xavbek Fransiya chempionatining 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta golli pas berdi. "Monako" va futbolchi o'rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe