

O'tgan yozda mersisaydliklar Kataloniya klubining 25 yoshli braziliyalik futbolchi borasidagi bir qator takliflarini rad qilishgandi. Faqat transfer bozorining oxirgi kunida Liverpul Koutinoni 200 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi. Ammo Barselona bu narxni juda baland deb hisobladi.
Yanvar oyida Kataloniya klubi yana bir bor uni sotib olishga urinadi, Liverpul o'z yarim himoyachisini 145 millionga sotishga tayyor. Barselona esa narxni pasaytirishga urinadi.




