"Liverpul" ikki futbolchisiga yangi shartnoma taklif qildi
Aslanov Jasurbek
31 may 2019, 20:00
Mersisaydliklar himoyachi Joel Matip hamda yarim himoyachi Jeyms Milner bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
"Liverpul" rahbariyati ikkala futbolchi uchun 2021 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. Rasmiy kelishuv ertaga, 1 iyun kuni o'tkaziladigan YCHL finalidan so'ng e'lon qilinishi kutilmoqda.