“Liverpul” himoyachisi operaciya qilindi

Eldor Akmurzayev
12 noya 2020, 19:30
Avvalroq, Jo Gomes Angliya termasi qarorgohida jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Bugun Londonda uning tizzasi muvaffaqiyatli tarzda operaciya qilindi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tizza paylariga shikast etmagan va u shifokorlar yordamida tiklanish jarayonini olib boradi.

Hozircha, 23 yoshli futbolchi qancha muddatga safdan chiqqani ochiqlanmagan, ammo taxminlarga ko'ra u 2020/21 yilgi mavsumning asosiy qismini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports