"Liverpul" himoyachisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

Alisher
30 iyun 2020, 16:50
U APLning 2019/20 yilgi mavsumida ortiq maydonga tushmaydi.

"Liverpul" himoyachisi Joel Matip joriy mavsumda boshqa maydonga tushmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Futbolchi uzoq vaqt tiklanishni talab etadigan jarohat olgan. Eslatib o'tamiz, "Liverpul" muddatidan oldin Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi.

Kamerunlik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com