“Liverpul” Gretsiya termasi himoyachisini sotib olishga yaqin

Eldor Akmurzayev
9 avg 2020
Bu haqda The Independent jurnalisti xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Olimpiakos” himoyachisi Kostas Cimikas mersisaydliklar a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

“Qizillar” futbolchining transferi uchun 13 mln evro sarflaydi va u keyingi hafta klub bazasida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

24 yoshli Cimikas Gretsiya chempionatining yakunlangan mavsumida 20 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urgan va 4 bor hakamlar tomonidan ogohlantirilgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Independent