“Liverpul” g'alabani, ko'p ehtimol bilan chempionlikni ham qo'ldan chiqardi

Narzulla Saydullayev
6 may 2014, 08:23
Angliya chempionatining 37-turida chempionlikka da'vogarlik qilayotgan “Liverpul” kutilmaganda ochko yo'qotdi.
“Kristal Pelas” mehmoni bo'lgan mersisaydliklar 3:0 xisobidagi g'alabani qandaydir 10 daqiqa ichida durangga aylantirishdi.

Geylning ikki goli “Liverpul” klubini nafaqat ikki ochkodan, balki chempionlikdan ham deyarli mahrum qildi. Ushbu turdagi “Chelsi” va “Liverpul” jamoalarining qoqilishi “Manchester Siti”ga qo'l kelishi aniq.

“Siti” hisobida ikkita uchrashuv bor. “Shaharliklar” ertaga, 7 may kuni 29-turning qoldirilgan uchrashuvida “Aston Villa”ni qabul qilishadi. So'nggi turni ham o'z muxlislari ko'z o'ngida “Vest Xem”ga qarshi o'tkazadigan “Manchester Siti”ga endi hech kim to'sqinlik qila olmasa kerak.   

Angliya chempionati, 37-tur.

KRISTAL PELAS – LIVERPUL - 3:3

“Selxerst Park” stadioni.

Gollar: 0:1 – 18 Allen, 0:2 – 53 Starrij, 0:3 – 55 Suares, 1:3 – 79 Dileyni, 2:3 – 81 Geyl, 3:3 – 88 Geyl.

“Kristal Pelas” – Speroni, Denn, Mariappa, Uord, Dileyni, Panchon (Geyl, 65), Bolazi, Edinak, Dikgasoy (Ins, 85), Ledli, Shamax (Myurrey, 71).

“Liverpul” – Minole, Flanagan, Shkrtel, M. Sako, Jonson, Allen, Lukas, Sterling (Koutino, 78), Jerrard, Starrij (Mozes, 86), Suares.

Ogohlantirishlar: Allen (25), Mariappa (30), Suares (50), Shkrtel (63), Denn (67).

TURNIR JADVALIDAGI HOLAT

1. Liverpul      37     25     6       6       99     49     81

2. Man. Siti       36     25     5       6       96     37     80

3. Chelsi              37     24     7       6       69     26     79

4. Arsenal          37     23     7       7       66     41     76

SO'NGGI 38-TUR. 11 MAY

“Sautgempton” – “Manchester Yunayted”

“LIVERPUL” – “Nyukasl”        

“Xall Siti” – “Everton”

“Vest Bromvich” – “Stok Siti”

“Norvich” – “Arsenal”

“MANCHESTER SITI” – “Vest Xem”

“Kardiff” – “CHELSI”

“Fulxem” – “Kristal Pelas”

“Tottenxem” – “Aston Villa”

“Sanderlend” – “Suonsi”




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com