

Ilori Chempionship jamoasi "Reding" bilan shartnoma imzoladi. Kelishuvning moliyaviy tomoni va muddati e'lon qilinmagan.
Ilori 2013 yilning sentyabrida Lissabonning "Sportingi"dan "Liverpul"ga o'tgan edi, ammo asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. 3,5 yil ichida portugaliyalik "Granada", "Bordo" va "Aston Villa"ga ijaraga berildi.



