

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, portugaliyalikka "Liverpul"dan tashqari bir qancha klublar da'vogarlik qilmoqda, biroq Mersisayd klubi favorit sanalmoqda.
Qayd etilishicha, "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp 27 yoshli xavbekni mersisaydliklarning asosiy transfer maqsadi bo'lgan Jud Bellingemga muqobil variant sifatida ko'rmoqda.
Palinya o'tgan yozda "Sporting"dan 20 million funt evaziga "Fulxem"ga o'tgandi. Hozir esa "Fulxem" futbolchini 60 million funtga baholamoqda.



