"Liverpul" Eto'Oni jamoaga taklif qilish yo'llarini ko'rib chiqmoqda
Tolibjon Qosimov
12 avg 2014, 16:55
"Liverpul" o'z safini kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O bilan to'ldirish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
Klub hozircha futbolchiga rasmiy taklif jo'natgani yo'q, ammo qizillarning murabbiylar shtabi Kamerun terma jamoasi sardoriga jiddiy qiziqib qolgan. Ayni damda 33 yoshli futbolchi "Ayaks" bilan muzokaralar olib bormoqda.