

Ammo bu gaplarga javoban u nohaq ayblanayotganligini ta'kidlab o'tdi. "O'qqa tutilayotgan" “Liverpul” darvozaboni Simon Minole, joriy mavsumda o'tkazib yuborilgan gollarda nafaqat uning, balki butun jamoaning yo'l qo'yayotgan xatosi sababligini bot – bot takrorladi. Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni “Arsenal”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda 3:3 hisobi qayd etildi. Ushbu uchrashuvda Minole juda ishonchsiz o'yin namoyish etdi va “to'pchilar”ning dastlabki ikki golini muxlislar aynan uning xatosi deb hisoblashmoqda. Minolening bunday o'yniga qaramasdan “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp darvozabon bilan yangi shartnoma imzolab hamkorlikni davom ettirishini ma'lum qilgan. 27 yoshli darvozabon OAV va muxlislar tanqidlariga qaramasdan, o'z ustida tinmay ishlashda davom etmoqda.



