"Liverpul" darvozaboni Germaniya futboli elchisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 may 2018, 20:53
"Liverpul" darvozaboni Loris Karius Germaniya futbolining elchisi etib tayinlandi.

Bu Berlindagi marosim vaqtida ma'lum qilindi.

"Bu sovrin men uchun ko'p narsalarni anglatadi. Futbol odamlarni, butun dunyo madaniyatini birlashtira oladigan kuchdir", - dedi Karius.

Golkiper bu mavsum "Liverpul" tarkibida 31 uchrashuvda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild