"Liverpul" Chaqir uchun Kariusdan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020
"Liverpul" "Trabzonspor" posboni Ugurjan Chaqirni nishonga oldi.

"Karadeniz Gazetesi" xabariga ko'ra, "qizillar" 23 yoshli turkiyalik uchun 10 million evro hamda "Beshiktosh"ga ijaraga berilgan Loris Kariusdan voz kechishga tayyor turibdi. Mersisaydliklar ushbu transfer borasida turk klubiga taklif ham yuborishgan.

Chaqir ushbu mavsumda 24 o'yinda 30 gol o'tkazib yuborgan, shuningdek, bir bora golga hammuallif bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Karadeniz Gazetesi