"Liverpul" braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi

8 dek 2020, 00:29
Mersisaydning "Liverpul" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Fabino bilan hamkorlikni davom ettirishni istayapti.

Theguardian.com xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga taklif qilinadigan yangi bitim 2025 yoki 2026 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Yangi shartnomaning moliyaviy bandlari Fabino uchun yaxshilangan bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, u "Liverpul" tarkibiga 2018 yilda "Monako"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Theguardian.com