"Liverpul" "Borussiya D" yetakchilaridan birini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2021
"Qizillar" "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchini xarid qilishga urinib ko'rmoqchi. Biroq futbolchining narxi katta muammo tug'dirishi mumkin, chunki "Borussiya" u uchun kamida 120 million evro so'raydi.

18 yoshli Bellingem joriy mavsumda "Borussiya" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal