"Liverpul" "Bornmut"ning asosiy skautini o'z tomoniga og'dirdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 mar 2024, 14:55
"Bornmut" futbol klubining asosiy skauti Mark Berchill faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar to'liq kelishuvga erishgan va yaqin kunlarda zarur hujjatlarni imzolashadi. Berchill mersisayd klubi sport direktori Richard Xyuz jamoasiga qo'shiladi. E'tiborlisi, Xyuz ham avvalroq "Bornmut"da texnik direktor lavozimida ishlagandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Liverpul" bir nechta klubdan iborat tarmoq yaratmoqchiligi haqida xabar bergandik. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо