"Liverpul" bir yil maydonga tushmagan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2019, 12:13
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar rahbariyati 25 yoshli futbolchiga ishonch bildirib, unga amaldagi bitimni bir yilga (2023 yilgacha) uzaytirishni taklif qilmoqchi. Kelishuv shartlari avvalgicha qoladi - xavbekning haftalik maoshi 140 ming evro.

Eslatib o'tamiz, Oksleyd-Chemberlen o'tgan yilning aprel oyida jarohat olgan edi. Futbolchi bir yil o'tib maydonga qaytdi va "Liverpul" yoshlari safida uchrashuv o'tkazdi. O'tgan haftada esa "qizillar"ga "Xaddersfild"ni mag'lub etishga yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail