"Liverpul" Bellingem uchun kurashda favorit hisoblanadi

Alisher
5 noya 2022, 12:33
"Liverpul" "Borussiya" yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun kurashda favorit.

Mersisayd klubi 19 yoshli xavbek uchun poygada raqobatchilarini ortda qoldirmoqda. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun shuningdek "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Real" da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq, nemis klubi Bellingemni 150 million evroga baholayotgani borasida ma'lumot yangragandi.

Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN