

Hozircha murabbiy klub akademiyasida ishlamoqda, ammo qizillar uning ish uslubini diqqat bilan kuzatishmoqda va ijobiy holat kuzatilsa Tomasni asosiy tarkibga jalb qilishlari mumkin.
Gronnemark to'pni maksimal samarali tarzda o'yinga kiritishning videoanalizini olib boradi. Ushbu murabbiy ish uslubidan foydalangan ikkita Daniya klubida autdan keyin urilgan gollar soni 20tadan oshdi. Ayniqsa Midtyullann Yevropa ligasida o'zini ko'rsatdi. Autdan kerakli texnika bilan to'pni o'yinga kiritish qanchalik foydali ekanligini Midtyullann ko'rsatdi, – deydi Gronnemark.




