"Liverpul" Asensio uchun 75 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2019, 21:25
"Liverpul" "Real" yarim himoyachisi Marko Asensio borasida taklif tayyorlayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizillar" "Qirollik klubi" futbolchisini sotib olish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Ular 75 mln. evro taklif qilishga tayyor. Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp futbolchini Muhammad Salohga raqobatchi sifatida olib kelmoqchi. Ammo "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Asensio bilan xayrlashmoqchi emas. Agar kelishuvga Sadio Mane qo'shilsa, ispanlar taklif haqida o'ylab ko'rishi mumkin.

Asensio 2015 yil 3,5 mln. evro evaziga "Malorka"dan "Real"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Desmarque