"Liverpul" Arturni "Yuventus"dan sotib olmaydi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022
"Liverpul" "Yuventus"dan ijaraga olingan braziliyalik yarim himoyachi Artur Ramosni xarid qilmaydi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Angliya klubi rahbariyati avvaldan futbolchini sotib olishni rejalashtirmagan, ammo "Yuve" uni ijaraga berishga rozi bo'lishi uchun shartnomaga sotib olish bandini kiritishga rozi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Artur joriy mavsum "Liverpul" safida atigi 1 ta o'yinda maydonga tushib, 13 daqiqa harakat qildi. Bir necha kun oldin jarohat olib, 3-4 oyga safdan chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Mole