“Liverpul” APL rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2020
Biroz oldin Angliya chempionatining 29-turi doirasida Yurgen Klopp shogirdlari uyda “Bornmut”ni qabul qilib, raqiblari ustidan 2:1 natijasida zafar quchishdi.

Mersisaydliklar Premer-liga doirasida o'tkazilgan o'z maydonidagi qatorasiga 22 o'yinda g'alaba qozonib, bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi ilk jamoaga aylandi. 

Avvalgi rekord ham "Liverpul"ga tegishli edi. 1971/72 yilgi mavsum esa “qizillar”ning uydagi g'alabali seriyasi 21ta o'yinni tashkil etgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka