"Liverpul" APL rekordchisi bilan shartnoma imzoladi

6 iyul 2020, 19:55
Mersisaydning "Liverpul" klubi rasmiy sayti jamoa yarim himoyachisi Xarvi Elliott bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Angliyalik vinger bilan rasmiy mehnat bitimi imzolanishi uchun u 17 yoshga to'lishi kutilgandi. Shartnoma shartlari oshkor qilingani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Elliott "Liverpul"ga 2019 yilda "Fulxem" tarkibidan kelib qo'shilgandi. U 2018/19 yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida 3 ta uchrashuv o'tkazdi va darhol 2 ta tarixiy rekordni yangiladi. Ayni paytda Xarvi APL va Angliya liga kubogi tarixida maydonga tushgan eng yosh o'yinchi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/LFC