"Liverpul" angliyalik himoyachiga qiziqmoqda

Alisher
10 fev 2024
"Liverpul" "Fulxem" markaziy himoyachisi Tosin Adarabioyoga qiziqmoqda.

Mersisaydliklar Virjil van Deyk va Joel Matipning ehtimoliy kyetishi sabab yangi mavsumni to'liq mudofaa bilan boshlashni rejalashtirishmoqda. 

Adarabioyoning "Fulxem" bilan mehnat shartnomasi yozda yakuniga etadi va "Liverpul" bundan foydalanib qolishi mumkin.

26 yoshli futbolchi "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum jamoasi safida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: 90min