"Liverpul" Adeyemi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
15 apr 2022, 12:44
"Liverpul" "Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ayni damda Adeyemi uchun bosh da'vogar Erling Xolandga o'rinbosar izlayotgan Dortmundning "Borusisya" klubidir. Dortmund klubi Avstriya klubi bilan dastlabki kelishuvga ega, ammo bitim hali yakunlanishdan uzoqda.

Bundan tashqari, "Borussiya" hali Adeyemining o'zi bilan kelisha olgani yo'q, o'yinchining vakillari "Liverpul", PSJ va "Leyptsig" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Adeyemi 2021/22 yilgi mavsum Avstriya klubi safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Austria