"Liverpul" 70-75 million evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Alisher
23 okt 2020, 13:00
Jurnalist Fabio Santini himoyachi Kalidu Kulibalining "Napoli"dan ehtimoliy ketishi haqida gapirdi.

"Menda Kulibali bo'yicha sensacion yangilik bor. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham PSJ kabi senegallik uchun da'vogarlik qilishgan edi. Ammo, eng jiddiy da'vogar "Liverpul" hisoblanadi. "Qizillar" "Napoli"ga 70 milliondan 75 million evroga qadar mablag' taklif qilishdi. De Laurentis ("Napoli" prezidenti) ham o'yinchi uchun aynan shuncha so'rayotgan edi", - deydi Santini.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" asosiy himoyachisi Virjil van Deykdan ayrildi. Niderlandiyalik futbolchi "Everton" (2:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.

Kulibali "Napoli"ga 2014 yilning yozida Belgiyaning "Genk" klubidan o'tgan edi. Transfer narxi esa 7,5 million evroni tashkil etgan. 29 yoshli futbolchining Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: areanapoli.it